Qashqadaryo viloyati IIB “Hisorak” suv omboridan suv sizib chiqish holati haqida internetda yolg‘on xabar tarqatib, “odamlarning tinchini buzib, fuqarolarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga zarar yetkazilishiga sababchi bo‘lgan” shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.
Favqulodda vaziyatlar vaziri Abdulla Qo‘ldoshev “Hisorak” suv omborida hech qanday favqulodda holat yuz bermaganini ma’lum qildi. Uning qayd etishicha, 10-iyun kuni suv omborida suv tashlash ishlari amalga oshirilgan, inshootdagi ishlar esa oldindan rejalashtirilgan tizimda davom etmoqda.
Qashqadaryodagi “Hisorak” suv omboridagi texnik tadbirlar vaqtida to‘g‘ondan suv sizib chiqdi. FVV hodisada hech kim jarohatlanmagani, suv omboriga shikast yetmagani va vaziyat to‘liq nazorat ostida ekanini bildirdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting